Amirbek Saidovning yangi jamoasi ma’lum
Bizga yetib kelgan xabarga koʻra, joriy mavsum Toshkentning «Bunyodkor» klubida harakat qilgan va bu mavsum 8 oʻyinda maydonga tushib 1 ta gol urgan Amirbek Saidov Serbiyaning «Yedinstvo UB» klubi bilan shartnoma imzoladi. 18 yoshli hujumchining yangi klubi mamlakat Birinchi ligasida 30 uchrashuvda 52 ochko jamgʻarib 2-o‘rin bilan Superliga yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Muallif: Jahongir Isaqov
Muallif