uz
Главная So'nggi yangiliklar: Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bizga nima berdi? (Maqola)

Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bizga nima berdi? (Maqola)

Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bizga nima berdi? (Maqola)
Ko'rishlar: 64
02.07.2024 19:40

O‘zbekiston futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga chiqdi desak, ishonasizmi? Ha, to‘g‘ri eshitdingiz. 17 yoshli futbolchilar bir necha bor bu ishni uddalashdi, uddalashmoqda.

Mana, 30 yildan oshiqdirki, futbol bo‘yicha milliy jamoamizni 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirokini orzu qilamiz. Lekin haligacha buning uddasidan chiqa olmayapmiz. Faqat yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari mundialga borib “morojniye yeb kelishmoqda.”

2023-yil 10-noyabrdan 2-dekabrgacha Indoneziya davlati FIFA U-17 o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Kichik mundialda FIFAga aʼzo assotsiatsiyalarning 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilari ishtirok etdi. Bizning o‘smir “Oq bo‘rilar” ham Janubi-sharqiy Osiyo yashil maydonlaridagi darvozalarni o‘zining kuchli zarbalari bilan titrata oldi. Bu kungacha 2 bor – 2011 va 2013-yillarda 5 qit’aning kuchli jamoalari bilan kuch sinashgan edik. Indoneziya stadionlarida o‘tgan chempionatda jamomizning oxirgi manzili chorak final bo‘ldi. Hamyurtlarimiz Ispaniya, Angliya, Fransiya kabi grand jamoalarga qarshi mardonavor o‘yin ko‘rsatdi.

O‘smirlar jamoamiz darvozani titratgan zarbalarning kuchidan yuzaga kelgan zilzila Ispaniya va Angliya jamolarining bezovtalanishiga sabab bo‘ldi. Ispaniyani “falajlantirgan”, Angliyani “yer tishlatgan”, Fransiya tarkibidagi “King Kong”larni “Martishka”ga aylantirib qo‘ygan Oʻzbek futbolchilari Yevropa futboli skautlari “radar”iga tushdi.

U “Tumanli Albion”lik yigitlar darvozasini super jarima zarbasi orqali ishg‘ol qilgach, Jef ismli skaut uni Ispaniya klubiga taklif qiladi. Ispaniyaga borgach, o‘z o‘yini bilan ispanlarni ham shokka tushirgach, klub u bilan shartnoma imzolashdan boshqa chora topa olmaydi. U yosh yigitchaning ismi O‘zbekiston o‘smirlar futbol terma jamoasi sardori Lazizbek Mirzayev. Lazizbek bir necha kun oldin Ispaniyaning “Leganes” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Lazizbek Mirzayev 2006-yil 5-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. “Lokomotiv” klubi futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2022-yilning 12-noyabr kuni “Lokomotiv”ning asosiy tarkibidagi debyutini Oʻzbekiston Superligasining “Metallurg” klubiga qarshi oʻyinida nishonladi. 2023-yilning yanvarida u klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan.

Lazizbekni ko‘plab futbol muhlislari Oʻzbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimovga o‘xshatishmoqda. Mirjalol Qo‘shoqovich ham jarima zarbalarini ijro etishda Osiyodagi eng zo‘r o‘yinchilardan biri, chinakam “Maestro” edi. Mirzayev Ispaniyada “Mario” nomini olishga ham ulgurdi.

Jahon chempionatida grand futbol jamoalarini ranjitgan futbolchilardan yana biri noodatiy soch turmagiga ega Amirbek Saidov. U mundial paytidayoq Liverpul jamoasi ko‘ziga tushdi. “Qizillar” Amirbekni jiddiy kuzatuvga olishadi. Bu o‘sha paytda katta shov-shuv ko‘targan edi. Ammo bu shunchaki gapligicha qolib ketdi. Bugun Serbiyaning “Yedinstvo UB” klubi Amirbek Saidov bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Klub o‘tgan mavsum Serbiya Birinchi ligasida vitse-chempioni sifatida Superligaga yo‘l olgan edi. Klubning xo‘jayini esa sizga begona emas. O‘z vaqtida “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Roma” kabi jamoalarda faoliyat olib borgan Nemanya Matich “Yedinstvo UB” klubi egalaridan hisoblanadi.

Jahon chempionati bizga Oʻzbekning yangi Mirjalolini kashf qilib berdi. O‘zbek futbolchilari uchun Ispaniyaning asosiy ligasiga yo‘l ochdi. O‘zbek futboli yevroskautlar nazariga tushdi. Lazizbekka ham Qosimovning yo‘lini, Messining iqtidorini, Ronalduning mehnatsevarligini berishiga tilakdoshmiz.

Yana, o‘sha gap bu yil Okean ortiga “muzqaymoq yeyish”ga boramiz. Jamoamiz mashinada safarga otlanishga shay. Milliy jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz.

Maqola muallifi: Muhammadshukur Muhammadjonov

Muallif

asiasport_admin

So'nggi yangiliklar:

Ko'proq ko'rish
Yosh hamyurtimizdan Ronalduga maktub
05.07.2024 21:10
Yosh hamyurtimizdan Ronalduga maktub
Parij olimpiadasida 85 nafar hamyurtlarimiz qatnashadi
05.07.2024 12:00
Parij olimpiadasida 85 nafar hamyurtlarimiz qatnashadi
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Parij olimpiadasi uchun yakuniy tarkibni eʼlon qildi
04.07.2024 12:40
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Parij olimpiadasi uchun yakuniy tarkibni eʼlon qildi
Benzema jamoasiga yangi murabbiy keldi
03.07.2024 15:30
Benzema jamoasiga yangi murabbiy keldi
Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bizga nima berdi? (Maqola)
02.07.2024 19:40
Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bizga nima berdi? (Maqola)